Toshkentda Saudiya Arabistonining rasmiy integratsiyalashgan raqamli platformasi “Nusuk"ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi, xabar beradi “Spot” muxbiri.
Ushbu elektron platforma butun dunyodan Saudiya Arabistoniga tashrif buyurayotgan musulmonlar tajribasini boyitish va Umra ziyoratiga kelish tartiblarini osonlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
“Nusuk” platformasi ziyoratchilarga ma’lumot va bir qator xizmatlarni taqdim etib, ularga Umra marosimlarini qulaylik bilan bajarish imkonini beradi.
Umuman olganda, platforma xizmatlarning to‘liq spektrini, jumladan, vizalar, ruxsatnomalar, mehmonxona xonalarini bronlash jarayonlari va tartiblarini soddalashtirish uchun ishga tushirildi.
“Nusuk”, shuningdek, Makka va Madinaga tashrif buyurgan musulmonlarning tajribasini oshirish va boyitish uchun turli paketlar va dasturlarni taklif etadi.
Keyinchalik qoʻshimcha xizmatlar — interaktiv xaritalar, takliflar va tadbirlar taqvimi, sogʻliqni saqlash boʻyicha maʼlumotlar va xizmatlar hamda bir necha tillarda taqdim etilgan raqamli qoʻllanmani oʻz ichiga oladi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan energetika, neft va kimyo sohalarini rivojlantirishi haqida yozgandi. Ikki mamlakat o‘rtasida umumiy qiymati $14 mlrd.dan ortiq bo‘lgan kelishuv va shartnomalar imzolandi.