Shu oyda Dubay xalqaro aeroportiga tutash hududda O‘zbekiston hunarmandchilik buyumlari savdosiga ixtisoslashgan do‘kon ochiladi, xabar beradi “Dunyo”.

Bu bo‘yicha O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev BAAning “Precise group” prezidenti Lotar Xoxman bilan kelishuvga erishdi.

Shuningdek, tomonlar Abu-Dabi va Dubay shaharlaridagi yirik savdo markazlarida o‘zbek hunarmandchiligi do‘konlarini ochish yuzasidan fikr almashdi.

Kompaniya O‘zbekistonda suvenirlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istagida ekanligini bildirgan.

Sentabr oyida Malayziyada O‘zbekiston milliy mahsulotlar shou-rumi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekistondan Malayziyaga milliy mahsulotlar eksportini kengaytirish hamda yangi hamkorlarni topish, mahsulotni reklama qilish imkoniyatlari yaratib beriladi.

Shou-rumga o‘z mahsulotlarini joylash va eksport qilishni istagan mahalliy tadbirkorlar uchun imkoniyat yaratildi.


“Spot” avvalroq “Alibaba” platformasida O‘zbekiston milliy pavilyoni ishga tushirilib, o‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan $67 mln.lik mahsulot eksport qilingani haqida xabar bergandi.