Endilikda Yagona portal orqali avtomobilga taqiq bor-yo‘qligini tekshirish mumkin.
Mazkur xizmat orqali yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtronsport vositalariga taqiq mavjud yoki yo‘qligini tekshirishlari mumkin.
Natijada sud, ichki ishlar, soliq va bojxona organlari, MIB, notarial idoralar tomonidan qo‘yilgan qarzdorlik, kredit majburiyati, ijro hujjati va boshqa sabablarga ko‘ra belgilangan taqiqlarni aniqlay oladi.
Buning uchun avtotransport vositasi haydovchining o‘ziga tegishli bo‘lishi kerak.
Avtotransportni bosh ishonchnoma yoki ishonchnoma asosida boshqaruvchilar bu xizmatdan foydalana olishmaydi.
Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, buning uchun yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirish kerak.
Shuningdek, javoblar zudlik bilan beriladi, xizmatdan foydalanish uchun havolaga o‘tish kerak.
Avvalroqm, avtotransport boshqarish uchun ishonchnomalar onlayn rasmiylashtirilishi haqida xabar berilgandi.
Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi BHMning 3 baravari miqdorida ya’ni 900 ming so‘m etib belgilangan.
Bunda davlat boji quyidagicha undiriladi:
- 1 oygacha bo‘lgan muddatga — 10% (90 ming so‘m);
- 6 oygacha bo‘lgan muddatga — 50% (450 ming so‘m);
- 3 yilgacha bo‘lgan muddatga — 100% (900 ming so‘m).