“Google” kompaniyasi Xitoy uchun Translate xizmatini yopadi. Bu haqda kompaniya vakiliga tayanib “CNBC” xabar bermoqda.

“Biz Xitoyda “Google Tarjimon"dan foydalanishda talab kamligi sababli bosqichma-bosqich xizmatni yopamiz”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Sayt endi foydalanuvchilarni xizmatning Gonkong versiyasiga yo‘naltiradi.

Xitoy bozorida hozirda mahalliy “Baidu” va “Tencent” kompaniyalari ustunlik qiladi.

“Google” 2010-yilda Xitoyda internet-kontentga nisbatan hukumat senzurasi tufayli qidiruv tizimini o‘chirib qo‘ygandi.

Kompaniyaning “Maps” va “Gmail” kabi boshqa xizmatlari Xitoy hukumati tomonidan bloklangan.

2018-yilda “Google” oʻzining qidiruv tizimi bilan yana Xitoyga qayta kirishni oʻylab koʻrdi, lekin xodimlar va siyosatchilarning noroziligi tufayli loyihadan voz kechdi.


“Spot” avvalroq “Apple” butun dunyo boʻylab “VK” kompaniyasiga tegishli iOS ilovalarini “App Store"dan olib tashlagani haqida yozgandi.