“Finnair” Skandinaviya mamlakatlaridan O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi, xabar beradi Transport vazirligi.

Bu bo‘yicha Finlyandiya aviakompaniyasi bilan O‘zbekiston vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda Skandinaviya mamlakatlaridan O‘zbekistonga kelish istagida bo‘lgan sayyohlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish istiqboli muhokama etildi.

“Finnair” aviakompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar departamenti direktori T.Koskinen yo‘lovchi tashuvlarini “Uzbekistan Airways” bilan “Kod-sher” tijoriy kelishuvlari asosida amalga oshirishini ta’kidlagan.

Shuningdek, yuk tashuvlari yo‘nalishida ham reyslarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.

Yakunda tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida amalga oshiriladigan vazifalarni belgiladi.


Avvalroq “Spot” “All Nippon Airlines” kompaniyasi Samarqand, Buxoro hamda Urganchga, “Red Wings” aviakompaniyasi esa Toshkentdan Stavropol va Ufaga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergandi.