Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O‘zbekistonning investitsiyalar bo‘yicha qo‘llanmasi chop etildi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qo‘llanma ingliz, rus va yapon tillarida, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JISA) texnik va moliyaviy ko‘magi, shuningdek “PricewaterhouseCoopers” (PwC) kompaniyasining konsalting ko‘magida yaratilgan.

U iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tadbirkorlik imkoniyatlari, ochiqlikni qo‘llab-quvvatlash va sarmoyaviy muhitni yaxshilash haqidagi ma’lumotlardan iborat.

Qo‘llanmada imtiyozlar haqida umumiy ma’lumot berilgan va O‘zbekistonga sarmoya kiritishning beshta asosiy sababi, jumladan, iqtisodiy o‘sish va barqarorlik, ochiq iqtisodiyotni yaratishga qaratilgan islohotlar haqida so‘z boradi.

Shuningdek, 35 mln kishilik yirik ichki bozor, yoshlarning yuqori ulushi, yaxshi rivojlangan davlatlarning mavjudligi, iqtisodiy o‘sish va barqarorlik ko‘rsatilgan.

Qo‘llanmadan xorijiy investorlar iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari, foydalanilmayotgan soha imkoniyatlari, imtiyoz va preferensiyalar haqida barcha kerakli ma’lumotlarni topish mumkin.

Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, davlat-xususiy sheriklik va davlat korxonalarini xususiylashtirishga sarmoya kiritishning turli yo‘llari yoritilgan.

Qo‘llanma bilan havola orqali tanishish mumkin.


Avvalroq “Spot” Mobile-ID tizimi va undan qanday foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etgandi.