Saudiya Arabistonining “Golden Star” kompaniyasi Oʻzbekistondan “halol” mahsulotlar eksportini yoʻlga qoʻymoqchi. Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda.

Bu boʻyicha kompaniya bosh direktori Abdulmuʼin Zurgi bilan Jidda shahridagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi oʻzrtasida muzokaralar olib borilgan.

Oʻz navbatida, Abdulmuʼin Zurgi Saudiya Arabistonidagi farmatsevtika zavodlarga xomashyolarni yetkazish maqsadida Osiyo mintaqasidagi jelatinli kapsulalar bozorini oʻrganib chiqqanini maʼlum qildi.

“Aholisining 90%dan ortigʻi musulmon boʻlgan Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning halolligiga ishonch hosil qilgan holda, Abdulmuʼin Zurgi hamkorlikni oʻrnatish istagida”, — deyiladi xabarda.

Xususan, kompaniya “MMM Amin Bio” kompaniyasi bilan hamkorlik oʻrnatib, Oʻzbekistondan jelatin kapsulalarini eksport qilishga qiziqmoqda.


Avvalroq “Spot” Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston qariyb $12 mlrdlik kelishuvlar imzolagani haqida yozgandi.