Avgust oyida “Uzbekistan Airways” Tokioga aviaqatnovlarni tiklangandi.
Endilikda Yaponiyaning “All Nippon Airlines” aviakompaniyasi Samarqand, Buxoro, Urganchga aviareyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu boʻyicha Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov “All Nippon Airlines” (ANA) aviakompaniyasi vitse-prezidenti Junichiro Miyagava oʻrtasida muzokaralar olib borilgan.
Shuningdek, Samarqanddagi yangi aeroport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish uchun “ANA” aviakompaniyasining rahbariyati Oʻzbekistonga tashrif buyurishi ta’kidlangan.
Bundan tashqari, tomonlar “All Nippon Airlines” kompaniyasining Tokio va Osaka shaharlaridan Samarqand shahriga charter reyslarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqishga kelishdi.
Avvalroq “Spot” Boku-Samarqand yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyilayotgani haqida yozgandi.