Davlat soliq qo‘mitasi yanvar-sentabr oylarida qaytarilgan QQS summasiga doir ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, jami 8 424 ta ariza bo‘yicha 4 833 ta korxonaga 12,7 trln so‘m qo‘shimcha qiymat solig‘i qaytarilgan.

Qoplab berilgan jami QQS o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 trln so‘mga ko‘p

Hududlar kesimida:
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi — 7,4 trln so‘m (124 ta korxona).



Sohalar kesimida qaytarilgan QQS:

Sohalar
Qaytarilgan QQS
Korxonalar soni
Ishlab chiqaruvchilar
7,1 trln so‘m
1119 ta
Chakana savdo
1,3 trln so‘m
801 ta
Ulgurji savdo
946 mlrd so‘m
204 ta
Qurilish
848 mlrd so‘m
112 ta
Qishloq xo‘jaligi
613 mlrd so‘m
2020 ta
Import qiluvchilar
549 mlrd so‘m
173 ta
Boshqalar
1,3 trln so‘m
404 ta


22-avgust kuni prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvda 2023-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15%dan 12%ga tushirilishini ma’lum qilingandi.