1-noyabrdan “Uzbekistan Airways” Kuala-Lumpurga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklamoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi chiptalar narxi 4,3 mln so‘mdan, Toshkent-Kuala-Lumpur-Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 7,5 mln so‘mdan boshlanadi.

Aviaqatnovlar jadvali seshanba kunlari:

  • Toshkentdan uchib ketish: 23:55 — Kuala-Lumpurga yetib borish: 10:30 chorshanba kuni.
  • Kuala-Lumpurdan uchib ketish: 12:00 chorshanba kuni — Toshkentga yetib borish: 17:00.

Juma kunlari:

  • Toshkentdan uchib ketish: 23:00 — Kuala-Lumpurga yetib borish: 9:30 shanba kuni.
  • Kuala-Lumpurdan uchib ketish: 11:00 — Toshkentga yetib borish: 16:00.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.


Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” Farg‘onadan Dubayga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.