Prezident qarori bilan Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etildi.
Qarorga ko‘ra, institut to‘qimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi.
Hujjat bilan, 2024−2025 o‘quv yiliga qadar institut huzurida to‘qimachilik texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2026−2027 o‘quv yiliga qadar institutning kamida 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkazilishi belgilangan.
Shuningdek, institut tarkibida quyidagilar yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi:
- Ilg‘or to‘qimachilik muhandisligi maktabi;
- Dizayn studiyasi;
- Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi.
Institutda o‘qish bakalavriat ta’lim yo‘nalishida quyidagi mutaxassisiliklar bo‘yicha tashkil etiladi:
- To‘qimachilik muhandisligi;
- To‘qimachilik mashinalari muhandisligi;
- Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi;
- To‘qimachilik kimyosi, bo‘yash va pardozlash muhandisligi;
- Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi;
- To‘qimachilik va yengil sanoat dizayni.
Magistratura mutaxassisliklari esa quyidagicha bo‘ladi:
- To‘qimachilik muhandisligi;
- To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha);
- To‘qimachilik mashinalari muhandisligi;
- Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi;
- To‘qimachilik kimyosi, bo‘yash va pardozlash muhandisligi;
- Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi;
- To‘qimachilik va yengil sanoat dizayni;
- To‘qimachilik mahsulotlari marketingi.
Joriy yilning aprel oyida prezident qarori bilan Navoiy davlat konchilik instituti universitetga aylantirilgandi.
Qarorga ko‘ra, universitet huzurida quyidagilar tashkil etildi:
- ️Nukus konchilik instituti;
- ️"Navoiy" ilmiy-texnologiya sanoat parki;
2022/2023 o‘quv yilida:
- ️Karmana politexnika texnikumi;
- ️G‘ozg‘on politexnika texnikumi.
2022-yilning iyun oyida Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etilgandi.