my.gov.uz da oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida diplom dublikatini olish xizmati ishga tushirildi.

Endi ta’lim muassasasini tamomlagan shaxs diplomi yo‘qolgan yoki shikastlangan taqdirda, uning dublikatini olish uchun onlayn ariza berishi va hujjatni o‘zi ko‘rsatgan manzilda qabul qilib olishi mumkin.

Ya’ni xizmat natijasini olish uchun vakolatli organga borish talab etilmaydi. Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi hamda shakllangan invoys bo‘yicha to‘lov qilinadi.

Hujjat “O‘zbekiston pochtasi"ning kuryerlik xizmati orqali yetkazib beriladi. Dublikat ham asl nusxadagi kabi yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Yagona portal orqali topshirilganda xizmat narxi — 270 ming so‘m (0.9 BHM)ni tashkil qiladi.

Ariza berilganidan keyin xizmat 10 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.


Avvalroq “Spot” yagona portal orqali avtomobilga taqiq bor-yo‘qligini tekshirish mumkinligi haqida yozgandi.