Markaziy bank boshqaruvining 7-oktabrdagi qaroriga asosan “Turkiston” va “Hi-Tech Bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banklarining bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari chaqirib olindi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Har ikkala bank tomonidan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunning 54 va 77-moddalarida belgilangan qoidabuzarliklar sodir etilganligi, xususan:
- bank aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi yetarlicha zaxiraning mavjud emasligi;
- regulyativ kapitalining 50%idan ortiq miqdorda zarar ko‘rganligini;
- bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;
- buxgalteriya hisobining hisobotga oid ma’lumotlar buzilishiga olib keladigan va bankning haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklar bilan yuritilganligi;
- bank faoliyatidagi qo‘pol qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi Markaziy bank ko‘rsatmalarining belgilangan muddatda bajarilmaganligi.
Jiddiy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qo‘llanilganidan keyin huddi shunday qoidabuzarlikni takroran sodir etilganligi sababli “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘isida"gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq ushbu qarorni qabul qildi.
Markaziy bank boshqaruvining yuqorida keltirilgan qaroriga asosan banklarni tugatish komissiyasi tarkibi tayinlandi.
Regulyator tomonidan omonatchilarining barcha mablag‘lari, birinchi navbatda, 2 oydan so‘ng to‘liq qaytarilishi ma’lum qilingan.