Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Sijjak” dam olish maskanini auksionga qo‘ydi.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 5,38 gektarni tashkil etadi. Bino maydoni — 4039 kv. metr.
Lotning boshlang‘ich bahosi 70,1 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 3,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Ta’kidlanishicha, bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari uchun 35% dastlabki to‘lovni amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi beriladi.
Auksion joriy yilning 7-noyabr kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalar esa xuddi shu kuni soat 09:00 gacha qabul qilinadi.
Lot haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.
Avvalroq “Spot” Surxondaryodagi kovorking markazi auksionga qo‘yilgani haqida xabar bergandi.
Lotda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 17-oktabr kuni soat 09:00ga qadar qabul qilinadi hamda xuddi shu kuni soat 10:00da savdo boshlanadi.
Batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.