Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida “Acharya International University of Uzbekistan” universiteti tashkil etiladi. Bu haqda AKT vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu bo‘yicha viloyat hokimligi, AKT vazirligi hamda Hindistonning “Acharya” institutlar tarmog‘i o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Universitet tashkil qilingandan so‘ng birinchi yil 1400 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan.

Talabalarga IT-yo‘nalishida hindistonlik professor-o‘qituvchilar dars berishi ta’kidlanmoqda.

Universitetda kompyuter texnikalari bilan jihozlangan o‘quv va laboratoriya xonalari, ARM, yotoqxona, sport maydonlari hamda suzish havzalari barpo etiladi.

“Acharya” institutlar tarmog‘i bilan hamkorlikda xalqaro kompaniyalarini jalb qilib, talabalarni ish bilan ta’minlash, dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini ko‘paytirish rejalashtirilgan.


Avvalroq “Spot” Qozon federal universitetining Jizzax filiali ochilgani haqida xabar bergandi.