Davlat statistika qo‘mitasi shaharlararo avtobuslardagi yo‘l haqi narxlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning sentabr oyida shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 0,6%ga oshdi.

Bu ko‘rsatkich yil boshidan beri o‘rtacha 6,8%ga qimmatlashgani kuzatilgan.

Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan narxlar 7,7%ga ko‘tarilganini ko‘rish mumkin.

Avgust oyida narxlar yil boshiga nisbatan 6,2%ga oshgandi.

Avvalroq, “Toshkent” avtovokzali Toshkent-Perm avtobus qatnovi qayta tiklanganini ma’lum qilgandi.

Rossiyaning boshqa hududlariga amalga oshiriladigan avtobus qatnovi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil bu yerdan bilish mumkin.


Avvalroq “Spot” Farg‘onadan Samarqandga Tojikiston orqali avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergandi.