Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish qamrovini oshirishga qaratilgan loyihalar taqdimotida prezident elektromobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish masalasiga to‘xtaldi.
Unga ko‘ra, keyingi ikki yilda hududlarda ikki mingta quvvatlash stansiyalari tashkil etiladi.
Bu stansiyalarga yer, mulk va foyda solig‘idan imtiyoz qo‘llanilishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, tadbirkorlarga quvvatlash stansiyalari orqali elektrni erkin narxda sotish huquqi beriladi.
Bundan tashqari, soha bo‘yicha ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlash muhimligi ham ta’kidlandi.
Shu sabab, Turin politexnika universitetida elektromobillar bo‘yicha ilmiy laboratoriya tashkil etilishi belgilandi.
Professor-o‘qituvchi va mutaxassislar esa Xitoy, Germaniya, AQSH, Koreya kabi davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash stansiyalari soni 50 tani tashkil etib, asosan Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan.
Joriy yilning mart oyida “Megavatt Motors” kompaniyasi Oʻzbekiston boʻylab har 100 km masofada elektr zaryadlash stansiyalarini oʻrnatishi ma’lum qilingandi.