Markaziy bank aholining moliyaviy madaniyatini oshirish maqsadida “Moliyaviy savodxonlik” teleloyihasini ishga tushirdi.
U “Uzreport” telekanalining “Fayzli tong” dasturi orqali haftasiga uch marotaba — dushanba, chorshanba va juma kunlari efirga uzatiladi.
Loyiha “Ipak yoʻli bank”, “Turon bank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Xalk banki” hamda “Humo” toʻlov tizimi hamkorligida amalga oshiriladi.
Dasturda quyidagi mavzular yoritiladi:
- raqamli moliyaviy savodxonlik va xavfsizlik;
- jamgʻarish madaniyatini oshirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
- tadbirkorlar uchun moliyaviy savodxonlik.
Unda soha mutaxassislari bilan intervyu shaklida teletomoshabinlar duch kelgan masalalar muhokamasi bilan jonli efir davomida oʻtkaziladi.