Jizzaxda Qozon (Volgabo‘yi) federal universitetining filiali ochildi, deya xabar berdi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.

Unda dasturiy injiniring, geologiya, iqtisod, mashinasozlik, stomatologiya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Shuningdek, fundamental, ilmiy, amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalari amalga oshiriladi.

Filial kampusi 1 088 oʻrinli oʻquv hamda 384 oʻrinli yotoqxona (shundan 44 oʻrin xorijiy oʻqituvchilar uchun mexmonxona tipida) binosidan tashkil topgan.

Oʻqituvchilar tarkibiga kelsak, professor-oʻqituvchilarning kamida 40%i chet eldan, shu jumladan Qozon federal universitetidan jalb qilinadi.

Bundan tashqari, kampusda kelgusida simmuliyatsion markaz va sport zal qurilishi rejalashtirilgan.

“TACC” nashri yozishicha, birinchi oʻquv yilida oliygoh 300 nafar talabani qabul qiladi.


Avvalroq “Spot” Rossiyaning “Siktivkar” davlat universiteti Toshkent moliya instituti qoshida rus tilini o‘qitish markazi ochgani haqida yozgandi.