3−4-noyabr kunlari Samarqandda ikkinchi “Oʻzbekiston iqtisodiy forumi” bo‘lib o‘tadi.
Unda dunyoning yetakchi iqtisodchilari, investorlar va xalqaro ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumda O‘zbekistonning kelgusi besh yillik taraqqiyot strategiyasi, uning maqsadlari, istiqbollari, imkoniyatlari va vazifalari tahlil qilinadi.
Shuningdek, quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
- iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xususiy sektorning roli;
- o‘zgaruvchan muhitda pul-kredit va makroprudensial siyosat;
- yashil iqtisodiyotga o‘tish.
Bu yilgi forum mavzusi “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” deb e’lon qilindi.
Ma’ruzachilar orasida Jahon banki mintaqaviy vitse-prezidenti Anna Bjerde, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Shixin Chen, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov, moliya vaziri Timur Ishmetov va boshqalar bor.
Ikki kunlik tadbir joriy yil tashkil etilgan “Silk Road Samarkand” turistik markazida o‘tkaziladi.
Forumda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
Batafsil ma’lumot bu yerda.