Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registridan “Yagona umumrespublika prosessing markazi” (UZCARD)ning 75% davlat ulushi yana xususiy qo‘llarga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
Gap nima haqda
2022-yil mart oyida xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, kompaniyaning ustav kapitalidagi tegishli 75% ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgandi.
Avgust oyida agentlik “UZCARD"ning davlatga tegishli ulushlarini xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida xabar berdi.
Unga ko‘ra, kompaniyaning 75% davlat ulushi mustaqil baholash tashkilotini jalb etgan holda baholatib sotilishi kerak edi.
KTYaDRdan aksiyalar kompaniyaning nominal egalari tomonidan ularga berilgan imtiyozli huquqdan foydalangan holda sotib olinganligi ma’lum bo‘ldi:
Hozirda Kamron Akbarov, Timur Azadov, Obid Agzamxodjayev, Mansur Usmanov 25%dan ulushga ega. Avval ularning umumiy ulushi 25%ni tashkil qilardi.
Avvalroq “Spot” “UZCARD” 23-sentabrdan O‘zbekistonda Mir kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilganini ma’lum qilgani haqida xabar bergandi.