Joriy yilning iyun oyida Toshkentdagi “April Verdant” restorani kimoshdi savdosiga qo‘yilgandi.
Hozir mazkur bino qaytadan auksionga qo‘yilib, elektron arizalar qabul qilinmoqda.
Lotning boshlang‘ich narxi 20,6 mlrd so‘mni tashkil etadi, zakalat puli esa 1 mlrd so‘m.
Bino 2013-yili qurilgan bo‘lib, bir qavat, 43 xona hamda yerto‘ladan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,642 ga, binoning umumiy maydoni esa 2745 kv.metrni tashkil etadi. Shundan foydali maydoni 2010,72 kv.metrdan iborat.
Binoda gaz, elektr ta’minoti, suv va kanalizatsiya mavjud.
Arizalar joriy yilning 10-noyabri soat 09:00 gacha qabul qilinadi hamda shu kuni soat 10:00 da auksion boshlanadi.
Lot haqida batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq, Shayxontohur tumanida joylashgan besh qavatdan iborat ofis sotuvga qo‘yilgani, auksion 20-oktabr kuni soat boshlishi haqida xabar berilgandi.