13-oktabrdan O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlar uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi kelishuvi kuchga kirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Ushbu bitim Eron prezidentining 14−16-sentabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
Shu bilan birga, diplomatik pasportlar egalarini viza talablaridan ikki tomonlama ozod etish belgilangandi.
Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq departamenti maʼlumotiga ko‘ra, mazkur hujjat 11 moddadan iborat.
Uning kuchga kirishi esa ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalardagi aloqalarni rivojlantirishi ta’kidlangan.
Mazkur hukumatlararo bitimni amalga oshirish uchun O‘zbekiston tomonidan Tashqi ishlar vazirligi masʼul etib belgilangan.
Yil boshida Oʻzbekiston va Eron hududi orqali tovarlar tranzitini oshirish boʻyicha kelishuvga erishilgandi.
Avgust oyida esa “Chobahor” portidan O‘zbekistonga yuk tashuvlari yo‘lga qo‘yilishi belgilangandi.