Prezidentning tegishli qarori bilan 2025-yilga qadar ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qo‘llanilishi belgilandi.

Unga ko‘ra, quyidagi 21 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji qo‘llanilmaydi:

  • himoyalangan tuproq uchun o‘simliklar (tomir otgan qalamchalar va yosh o‘simliklar, gul yoki g‘unchali gullaydigan o‘simliklar, kaktuslardan tashqari);
  • shakarni rafinadlash yoki ajratib olish natijasida olingan melassa;
  • qayta ishlanmagan yoki dag‘al bo‘laklangan marmar va travertin yoki ohaktoshli tuf;
  • rang beruvchi moddalar (kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq bo‘lgan, titan dioksidi asosida tayyorlangan boshqa pigmentlar va preparatlar);
  • konsentratsiyalangan yoki konsentratsiyalanmagan, qattiq yoki qattiq bo‘lmagan boshqa siyohlar;
  • birlamchi shakldagi etilen polimerlari;
  • birlamchi shakllardagi propilen va boshqa olefinlarning polimerlari;
  • plastmassadan qilingan boshqa katushkalar, shpulkalar, bobinalar va shunga o‘xshash buyumlar;
  • yuklama indeksi 121 dan yuqori bo‘lgan, avtobuslar yoki yuk tashish uchun belgilangan motorli transport vositalari uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar;
  • havo kemalarida foydalanish uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar;
  • qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi transport vositalari va mashinalari uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar;
  • sun’iy va sintetik kompleks iplardan gazlamalar;
  • tarkibida sintetik tolalar 85% yoki undan ortiq bo‘lgan sintetik tolalardan gazlamalar;
  • paxta tolalari bilan aralashtirilgan sintetik tolalardan gazlamalar;
  • sintetik va sun’iy tolalardan gazlamalar;
  • poliuretan qoplamali yoki dublirlangan to‘qimachilik materiallari.

Shuningdek, import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga kiritilayotgan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati ham belgilandi:

T/r

TIF TN bo‘yicha nomi

1.

G‘ildirakli, harakatlanadigan ko‘tarma fermalar va portal yuk ortkichlar

2.

Minora kranlari

3.

To‘qimachilik tolalarini transportirovka qilish uchun pnevmatik ko‘targichlar va konveyrlar

4.

Boshqa pnevmatik ko‘targich va konveyerlar

5.

Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa kovshli elevator va konveyerlar

6.

Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa tasmali elevator va konveyerlar

7.

Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa rolikli konveyerlar

8.

Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa elevatorlar va konveyerlar

9.

Pochta jo‘natmalarini saralash, taxlash yoki konvertlarga joylash yoki o‘rab bog‘lash uchun mashinalar, pochta jo‘natmalarini ochish, yopish yoki muhrlash uchun mashinalar hamda pochta markalarini yopishtirish yoki hisobdan chiqarish uchun mashinalar

10.

Tamaki tayoqchalari (stiklari)ni ishlab chiqarish uchun uskuna

11.

O‘zgaruvchan tok generatorlari (nominal chiqish quvvati 375 kVA dan 750 kVA gacha)

12.

O‘zgaruvchan tok generatorlari (nominal chiqish quvvati 750 kVA dan yuqori)

13.

Yuqori haroratli payvandlash uchun boshqa mashina va apparatlar

14.

Yo‘lsiz sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan, elektromexanik transmissiyaga ega (dizel va elektr dvigatellari o‘rnatilgan) yuk ko‘tarish quvvati 50 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk mashinasi (avtomobil-samosval)