“IT Women” loyihasi doirasida 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun kompyuter savodxonligi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” xabar berdi.
Shuningdek, kursda muvaffaqiyatli biznes loyihalarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lish mumkin.
“IT Park” huzuridagi IT-Markazlar asosida o‘tkaziluvchi mazkur kursda qatnashish bepul bo‘lib, oflayn tarzda hamda o‘zbek tilida olib boriladi.
Kursda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Ariza to‘ldirishda faqat ism-familya, hudud, bog‘lanish uchun telefon raqam hamda kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilim darajasini baholash so‘raladi.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq “Spot” Farg‘ona, Namangan hamda Andijonda yosh tadbirkorlar uchun biznesni raqamlashtirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazilishi haqida xabar bergandi.