Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi joriy yilning 5-sentabr holatiga O‘zbekiston bozoridagi yetakchi kompaniyalar ro‘yxatini taqdim etdi.
Unda jami 90 ta kompaniya ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, bundan avvalgi ro‘yxatga kirgan 2 ta kompaniya oxirgi ro‘yxatdan chiqarilgan.
“O‘zdonmahsulot” tarkibidagi 43 hamda 39 ta korxonadan tashkil topgan shaxslar guruhi mazkur ro‘yxatda yuqori pog‘onani qayd etdi.
Non va don mahsulotlari bo‘limida kompaniyaning bug‘doy urug‘lari hamda omuxta yem tovari joy olgan.
Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazish, neft qazib olish, “UzAutoMotors” yengil avtomobillar ishlab chiqarish, “Uzbekistan Airways” yo‘lovchilar va yuklarni tashish, pochta tashish xizmati va shu kabi kompaniya hamda tovarlar yangilangan ro‘yxatdan joy olgan.
Ro‘yxat bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Avvalroq Antimonopoliya qo‘mitasi tadbirkorlardan olingan ortiqcha mablag‘ni qaytarishga yordam bergani haqida xabar berilgandi. Natijada jami 70 dan ortiq tadbirkorlardan qariyb 8 mlrd so‘mlik ortiqcha mablag‘ olingan.