Avgust oyida YaIMning real o‘sish sur’ati 5,77% darajada baholangandi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yil uchun YaIMning prognoz qilingan real o’sish sur’atlarini yangiladi.
Uchinchi chorakda haftalik YaIM dinamikasining o‘sish tendensiyasi davom etmoqda.
2022-yilning uchinchi va to‘rtinchi choragida o‘sish tendensiyasining ortib borishi birinchi yarim yillik ko‘rsatkichlariga nisbatan yillik hisobda YaIMning kamida 0,75%ga oshishiga olib kelishi kutilmoqda.
Birinchi chorakdagi sezilarli pasayishdan keyin iqtisodiyotning tiklanishi tashqi savdo aylanmasi hajmining o‘sishi, xizmat ko‘rsatish sohasida ishbilarmonlik faolligi va davlat yordamining oshganligi bilan izohlanadi.
Xususan, tovar va xizmatlar tashqi savdo aylanmasi avgust va sentabr oylarida mos ravishda 14% va 12%ga oshdi.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasida ham faollik sezilarli darajada oshgan.
Buni “biznes va sanoat” (14,5%ga o‘sish) va “dam olish va hordiq” (9,7%) kabi toifalar bo‘yicha internet so‘rovlari ko‘paygani bilan baholash mumkin.
Yuqoridagi omillar hisobiga uchinchi chorak yakuni bo‘yicha YaIMning o‘sish prognozi 5,81%ni tashkil etmoqda.
Shuningdek, qisqa muddatda iqtisodiy o‘sishda sezilarli tebranishlar kutilmayapti, chunki fundamental iqtisodiy omillar barqarorligicha qolmoqda.
Joriy yilning sentabr oyida inflyatsiya darajasi 1%ni tashkil etgandi.