So‘nggi oylarda rossiyalik tadbirkorlar orasida MDH mamlakatlarida logistika omborlariga talab ortgan, deya xabar bemoqda “Kommersant” nashri.
“NF Group” maʼlumotlariga koʻra, yil boshidan buyon bunday soʻrovlar soni 25−30%ga oshgan.
Logistika omborlarida hozirdanoq bo‘sh joy tanqisligi bo‘lgan Qozog‘istonda talab kuchaygan, dedi kompaniyaning mintaqaviy direktori Konstantin Fomichenko.
Bunday sezilarli talabning o‘sishi uchinchi davlatlar orqali Rossiyaga parallel import qilish imkoniyati bilan bog‘liq, deya ta’kidladi u.
Fomichenkoning so‘zlariga ko‘ra, MDH mamlakatlaridagi ombor sig‘imlari asosan chakana sotuvchilar va onlayn-riteylerlarni qiziqtiradi.
“Nikoliers” ko‘chmas mulk departamentining mintaqaviy direktori Viktor Afanasenko Qozog‘iston va O‘zbekistonda omborxonalarni qidirish boʻyicha arizalar koʻpayganini tasdiqladi.
“KBT Service” bojxona brokerlik firmasi rahbari Yuriya Shlenskayaning qo‘shimcha qilishicha, ayrim xalqaro kompaniyalar Qozog‘iston orqali rossiyalik xaridorlarga tovarlarni qayta sotadi.
Shlenskayaning fikricha, Rossiya tashuvchilari va yetkazib beruvchilari Moʻgʻuliston va Uzoq Sharq orqali logistikani tashkil qiladi. Bu mamlakat ichidagi sanoatga ham ta’sir qiladi va gʻarbiy hududlardagi omborlarga talab kamroq boʻladi.