Vetnamning “VietJet Air” aviakompaniyasi Xoshimin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda “Uzbekistan Airports"ning matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aviaqatnov Airbus A-330 samolyotlarida 10 kunda 1 marta amalga oshiriladi.
Birinchi yo‘lovchi reysi joriy yilning 15-dekabrida amalga oshirilishi belgilangan.
Kompaniya haqida
“VietJet Air” xalqaro arzon (loukoster) aviakompaniya bo‘lib, shtab-kvartirasi Xoshimin shahrida joylashgan.
Kompaniya 2017−2021 yillar davomida “AirlinesRating” tomonidan eng yaxshi ultra arzon aviakompaniya deb topilgan.
Avvalroq “Spot” “All Nippon Airlines” kompaniyasi Samarqand, Buxoro hamda Urganchga parvozlarni yoʻlga qoʻyishi haqida xabar bergandi.