O‘zbekistonliklar Yaponiya Xalqaro hamkorlik Agentligi (JICA) tomonidan mamlakatga ishga jalb qilinadi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha vazirlik bilan JICA va “Haneda Turtle Service” logistika kompaniyasi o‘rtasida muzokara o‘tkazilgan.

Unda o‘zbekistonliklarni ushbu tashkilotga ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Haneda Turtle Service” kompaniyasi 1978-yili tashkil etilgan. Kompaniya avtomobil va havo yuk logistikasi xizmatlarini taqdim etadi.

Yaponiya hukumati tomonidan 2025-yilga qadar xorijdan 350 mingdan ziyod ishchi kuchini jalb qilish davlat dasturi ishlab chiqilgan hamda bir nechta davlatlar bilan mehnat sohasida hamkorlik shartnomasi imzolangan.

Bu davlatlar qatorida O‘zbekiston ham bor bo‘lib, mamlakat mazkur hajmning 10%ini jalb qilishni ko‘zda tutgan.

Natijada O‘zbekistondan Yaponiyaga 30 mingdan ziyod mehnat migrantlari yuboriladi.

“Spot” avvalroq xorijda qanday qilib qonuniy ishlash mumkinligi bo‘yicha yo‘riqnomani taqdim etgandi.


Avgust oyida Irkutsk viloyatdagi qurilish ishlariga o‘zbekistonlik migrantlar jalb qilinishi haqida xabar berilgandi.