Ko‘plab mutaxassislar va startaplarning Rossiyadan Dubay va boshqa mamlakatlarga faol migratsiyasi rossiyalik kovorking operatorlarining ushbu sohaga qiziqishini kuchaytirdi.
Masalan, Rossiyaning “Codevelopment” kovorking kompaniyasi Dubaydagi “Burj Daman” biznes markazining 4000 kv.m. maydonini sotib oldi, deya xabar berdi “Kommersant” nashri.
Bitim narxi xususiy kreditlar hisobidan $30 mln.ni (1,9 mlrd rubl) tashkil etdi.
“Codevelopment” boshqaruvchi hamkori Rostislav Bidenkoning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yil may oyida bu yerda kompaniya ofisi ochilishi reja qilingan.
“Burj Daman"dagi loyiha kompaniyaning xorijdagi birinchi loyihasi bo‘lib, kelajakda hamkorlar yana 2000 kv.m. sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bidenkoning ta’kidlashicha, “Codevelopment"ning “Burj Daman"dagi moslashuvchan ofisi korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan.
Rostislavga ko‘ra, kompaniya keyinchalik O‘zbekiston va Armaniston bozoriga kirishni rejalashtirgan.
Kovorking kompaniya hozirda Yaqin Sharqda o‘z biznesini kengaytiruvchi rus kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda.
“Meeting Point” tarmoqlari bosh direktori Larisa Afanasyevaning fikricha, rossiyalik operatorlarning tashqi bozorlardagi faolligi biznesning ko‘chishi va emigratsiya to‘lqini bilan bog‘liq.
“CODE” — korporativ kovorking maydonlarini yaratishga, shuningdek, turli xil infratuzilma obyektlarini (birgalikda yashash, onlayn-studiya, qahvaxona, lounge bar, pazandalik, konsyerj xizmati) tashkil etishga ixtisoslashgan dasturchi bo‘lib, sayt ichida ekotizimni aniq shaklda qurishga ixtisoslashgan xizmatlar to‘plami.
Toshkentda Ukrainadagi urush sababli rossiyaliklarning katta oqimi kuzatildi.
Shu sababli bahor boshlaridayoq ko‘plab Toshkentdagi kovorkinglar bo‘sh joylar yo‘qligi, kutayotganlar ro‘yxati esa to‘lib-toshganini ma’lum qilgandi.
“Spot” poytaxtdagi kovorking-markazlar boshqaruvchilari bilan suhbatda mazkur biznesga Ukrainadagi vaziyat qanday ta’sir qilgani va bundan keyin nimalar bo‘lishi mumkinligidan xabardor bo‘ldi. Batafsil bu yerda.