Prezident tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun imzolandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Endi mazkur jinoyatni sodir etganlar BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish jazosiga tortiladi.
Shuningdek, muayyan huquqdan mahrum etib 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.
Sentabr oyida Senat tomonidan bank plastik kartalaridan pul mablag‘larini firibgarlik va o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilganlik uchun jazoni og‘irlashtirish ilgari surilgandi.
Xususan, axborot tizimlariga noqonuniy kirish orqali mablag‘larni o‘zlashtirgan shaxslar sodir etilgan firibgarlik jinoyati uchun BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima to‘laydi.
Shuningdek, amaldagi normaga ko‘ra, ushbu jinoyat uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan bo‘lsa, endilikda bu muddat 5 yildan 8 yilgacha o‘zgartiriladi.