Rossiyaliklar chet elda Rossiya bank kartalaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lganligi sababli transchegaraviy o‘tkazma xizmatlari orqali o‘zlariga pul jo‘natishni boshlashdi.
Sentabr oyida qisman safarbarlik e’lon qilinishi bilan bunday operatsiyalar soni va hajmi ko‘paygan.
Xususan, sentabr oyi oxirida “VTB” banki va “Tinkoff Bank” xalqaro o’tkazma xizmatlari orqali qo‘shni davlatlarga transchegaraviy o‘tkazmalar sonining ko‘payishi qayd etildi, deya xabar berdi “РБК” nashri.
15-sentabrdan 15-oktabrgacha “VTB” mijozlari 2,1 mlrd rubl miqdorida 7 mingdan ortiq pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan.
Bu ko‘rsatkichlar 15-avgustdan 15-sentabrgacha bo‘lgan davrda son jihatdan uchdan bir, qiymat bo‘yicha esa ikki barobar ko‘pdir.
“Tinkoff Bank” ham sentabr oxirida qo‘shni davlatlarga pul o‘tkazmalari soni va hajmining o‘sganini qayd etdi.
Qo‘shni mamlakatlarga telefon raqami orqali pul o‘tkazmalari xizmati asosan norezidentlar tomonidan foydalaniladi. O‘tkazmalar ko‘proq O‘zbekiston va Tojikistonga amalga oshirilgan.
Oxirgi olti oy ichida transchegaraviy pul o‘tkazmalari bozori hajmi o‘sdi, deydi “MTS Money” xizmati vakili.
U o‘tkazmalar bo‘yicha yetakchi davlatlar Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Armaniston ekanligini aytib o‘tgan.
Yevroosiyo taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadan Oʻzbekistonga $5,3 mlrd (umumiy oʻtkazmalar hajmining 81%i) yuborilgan.