Hukumat qaror bilan Davlat buyurtmachilari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining davlat xaridlari yo‘lga qo‘yilishi belgilangan edi.
Unga ko‘ra, Tovar-xom ashyo birjasining davlat xaridlari elektron savdo tizimida yangi alohida sahifa ishga tushirildi.
U orqali mahalliy qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va klaster ishtirokchilari uchun o‘z takliflarini joylashtirishi mumkin.
Shuningdek, davlat buyurtmachilari uchun esa eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender natijalariga ko‘ra g‘olibni aniqlash imkonini beradi.
Sahifada tanlov va tender elektron savdo tizimining alohida sahifasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini xarid qilish bo‘yicha e’lonlar joylashtirilishi boshlandi.
Ushbu e’lonlar bo‘yicha kelib tushayotgan takliflarning texnik qismi davlat buyurtmachisining xarid komissiyasi tomonidan, narx qismi esa elektron tizim tomonidan avtomatik rejimda baholanadi.