E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.


“Spot” O‘zbekiston banklarida milliy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.

Hozirda mavjud 31 ta bankdan 28 tasida milliy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular uch oydan uch yilgacha saqlanadi.

Omonatlarni oflayn tarzda 22 ta bankda, masofadan turib esa 26 ta bankda ochish mumkin. Onlayn depozitlar bank filiallarida ro‘yxatdan o‘tishga qaraganda 1−3% yuqori foiz stavkasida taqdim etiladi.

Maqola chop etilgan vaqtda onlayn omonatlarning eng yuqori stavkasi (24%) 13 oyga joylashtirish bilan “Madad Invest Bank” tomonidan taklif etilmoqda.

Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda onlayn depozit qo‘yishning minimal miqdori 500 ming, oflaynda esa 1 mln so‘mni tashkil qiladi.

Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlaridan olindi.

Bank nomi
Foiz stavkasi
Minimal summa
Muddati (oy)
Rasmiylashtirish
Madad Invest Bank
24%
1 mln so‘m
13
onlayn/oflayn
Anorbank*
23%-27%
500 ming so‘m
13
onlayn
TBC Bank
23%
100 ming so‘m
24
onlayn
Ziraat Bank Uzbekistan*
23%
3 mln so‘m
24
oflayn
Agrobank
23%
500 ming so‘m
13
onlayn
22%
oflayn
Davrbank
23%
500 ming so‘m
24
onlayn
22%
13
oflayn
Ipotekabank*
23%
500 ming so‘m
24
onlayn
22%
100 ming so‘m
3
oflayn
Universalbank
23%
500 ming so‘m
13
onlayn
22%
22
onlayn/oflayn
Ravnaq bank
23%
500 ming so‘m
36
onlayn
Mikrokreditbank*
23%
100 ming so‘m
12−24
onlayn
22%
oflayn
Aloqabank
22%
1 mln so‘m
12
oflayn
50 ming so‘m
onlayn
Infinbank*
22%
1 mln so‘m
15
onlayn
Garant bank*
22%
1 mln so‘m
18
onlayn/oflayn
Sanoatqurilishbank*
22%
500 ming so‘m
13
onlayn/oflayn
Turonbank*
22%
1 mln so‘m
18
onlayn/oflayn
Tenge Bank
22%
10 mln so‘m
13
oflayn
1000 so‘m
onlayn
Asakabank
22%
500 ming so‘m
24
onlayn
21%
oflayn
Hamkorbank
22%
2 mln so‘m
13
onlayn
21%
18
oflayn
Qishloqqurilishbank
21%
1 mln so‘m
13
oflayn
Kapitalbank*
21%
1 mln so‘m
25
onlayn/oflayn
Xalq Banki
21%
100 ming so‘m
18
onlayn
20,4%
1 mln so‘m
oflayn
O‘zmilliybank*
21%
100 ming so‘m
18
onlayn
20%
oflayn
Bank Apelsin
20%
1 mln so‘m
25
onlayn
Trastbank*
20%
500 ming so‘m
13
onlayn
19%
oflayn
Asia Alliance Bank*
19%
1 mln so‘m
24
oflayn/onlayn
Poytaxt bank
17%
1 mln so‘m
36
oflayn
5 mln so‘m
onlayn
Ipak yoʻli banki
17%
1 mln so‘m
12
onlayn
16%
6
oflayn
Orient Finans Bank
16%
10 mln so‘m
10
onlayn
15%
oflayn

*Depozitni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud. Saqlash muddatiga qarab foizlar kamaytirilishi yoki to‘lanmasligi mumkin.