Avvalroq “Tesla” kompaniyasi direktori Ilon Mask “Twitter"ni oldindan kelishilgan shartlar asosida sotib olishi haqida xabar berilgandi.
Endilikda Mask “Twitter"ni sotib olgan taqdirda xodimlarni deyarli 75%ga qisqartirishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda “The Washington Post” gazetasi.
U investorlarga 7,5 ming xodimning deyarli 75%ini ishdan boʻshatib, xodimlarni 2 minggacha qisqartirmoqchi ekanligini aytgan.
Twitter va Mask kelishuvni 28-oktabrgacha yakunlashi mumkin, deb yozadi nashr.
Nashrning ta’kidlashicha, Mask “Twitter” egasiga aylanmasa ham, kompaniya xarajatlarni kamaytirish uchun xodimlarni qisqartirishga majbur boʻladi.
Uning hozirgi rahbariyati kelgusi yil oxirigacha ish haqini taxminan $800 mln.ga qisqartirishni rejalashtirgan.
Bu esa, ishchilarning deyarli toʻrtdan bir qismi kompaniyani tark etishini anglatadi.
Shuningdek, kompaniya infratuzilmasini, jumladan, ma’lumotlar markazlarini sezilarli darajada qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq “Spot” Ilon Mask ilk marta “Forbes USA” reytingida birinchilikni qo‘lga kiritgani haqida yozgandi.