Rossiya Bosh vaziri oʻrinbosari, Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Rossiya O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining avtomobil butlovchi qismlari mamlakat bozorida paydo bo‘lishidan manfaatdorligini maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “TACC” nashri.

“Oʻzbek avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchilari bozorimizga kirib kelishi bizni qiziqtirmoqda, hozir buning uchun vaziyat ancha qulay”, — dedi u.

Manturov Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi sarmoyaviy hamkorlik faollashayotganini taʼkidladi.

“Rossiya Oʻzbekiston iqtisodiyotining asosiy sarmoyadorlaridan biridir. Kompaniyalarimiz kapital qoʻyilmalari hajmi allaqachon $10 mlrd.dan oshdi”, deya qoʻshimcha qildi u.

Manturovga koʻra, investitsiyalar neft-gaz va energetika, telekommunikatsiya va agrosanoat majmuasi kabi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarining aksariyatiga ta’sir koʻrsatadi.

Shu bilan birga, sanoat kooperatsiyasi yoʻlidagi hamkorlik yanada kengayishi mumkin, dedi bosh vazir oʻrinbosari.


Avvalroq “Spot” joriy yilning sakkiz oyi davomida O‘zbekistonda eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgani haqida xabar bergandi.