Markaziy bank joriy yilning 1-oktabr holatiga tijorat banklarining depozitlari to‘g‘risida statistikani e’lon qildi.

Unga ko‘ra, banklardagi jami depozitlar 206,7 trln so‘mni tashkil etgan.

Shundan 133,9 trln so‘mi davlat ulushi mavjud banklarga, qolgan 72,7 trln so‘mi xususiy banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan qo‘yilgan depozitlar 27,3 trln, yuridik shaxslarniki esa 106,5 trln so‘mni tashkil qilgan.

Sentabr oyidagi ko‘rsatkich 47,3 trln so‘mni tashkil qilgan “O‘zmilliybank"da omonatlar hajmi 41,9 trln so‘mga kamaygan.

1-sentabrdagi ma’lumotlarga ko‘ra, xususiy banklardagi depozitlar bo‘yicha “Kapitalbank"da omonatlar hajmi biroz oshgan — 20,7 trln so‘m.

“Orient Finans bank"da depozitlar bir oy oldingi ko‘rsatkichdan 1,9 trln.ga oshib 6,2 trln so‘mni tashkil etgan.


Avvalroq 2022-yil oktabr oyi bo‘yicha O‘zbekiston banklaridagi so‘mdagi eng daromadli omonatlar haqida ma’lumot berilgandi.