“Yandex” Xalq ta’limi vazirligi bilan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab Toshkent va Samarqandda dasturlash maktabini ishga tushirish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda kompaniya “ICTWeek"da ma’lum qildi, xabar beradi “Spot” muxbiri.
Yillik bepul dastur tanlovdan o‘tgan 8−10-sinf o‘quvchilariga python dasturlash tilini o‘zlashtirish, veb-ilovalar, chat-botlar va foydalanuvchi interfeyslarini yaratishni o‘rganish imkonini beradi.
Dastur “Yandex Go” kompaniyasining moliyaviy ko‘magida taqdim etiladi.
“Ayni vaqtda O‘zbekiston IT-sohasida faol rivojlanmoqda va shunga mos ravishda yuqori malakali mutaxassislarga talab ham ortib bormoqda. Ushbu dasturlash kursi iqtidorli talabalarni jalb qiladi, ularda raqamli iqtisodiyot davrida mutaxassis uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantiradi va o‘qituvchilarning malakasini oshiradi”, — dedi “Yandex ta’lim” loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha direktori Sergey Brajnik.jr
Vazirlik ko‘magida yangi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda dasturni ishga tushiramiz, deb umid qilmoqdamiz, deya qo‘shimcha qildi Brajnik.
Avvalroq “Spot” IT bo‘yicha ta’limni o‘zbek tilida ham beradigan markazlarni bir joyga jamlagandi. O‘quv markazlari, yo‘nalishlar va ularning narxi haqida batafsil ma’lumot bu yerda.