24-oktabr kuni “ICTWeek Uzbekistan 2022” doirasida AKT vaziri Sherzod Shermatov AQShning “Effika Corp” kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda BPO sohasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda “IT Park” rezidenti — “RevoTech” kompaniyasi va “Effika Corp” o‘rtasida memorandum imzolandi, xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, “RevoTech” 2023-yilda sug‘urta sohasida $20 mln miqdorida autsorsing xizmatlar ko‘rsatadi.

Ushbu sug‘urta faoliyati O‘zbekistondagi BPO sohasi uchun yangi yo‘nalish hisoblanadi.

RevoTech” — biznes jarayonlari autsorsingi bilan shug‘ullanadi. Kompaniya ushbu sohada 9 yildan ortiq tajribaga ega bo’lib, transport va logistika, chakana savdo, sog‘liqni saqlash, sug‘urta, telekommunikatsiya, ishlab chiqarish kabi sohalarda autsorsing xizmatlarini taklif qiladi.


Avvalroq “Spot” Navoiyda masofaviy xizmat ko‘rsatuvchi markaz tashkil etilgani haqida yozgandi. U xorijiy bozorga logistika xizmatlarini taqdim etadi.