“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent -Sharm el-Shayx-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar soni oshirilishini ma’lum qildi.
Hozirda Misrdagi kurort shahriga qatnovlar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshirilayotgan edi.
“Uzbekistan Airways” joriy yilning 23-noyabridan ushbu xalqaro yoʻnalishda chorshanba kunlari ham qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Toshkent-Sharm-el-Shayx yo‘nalishidagi chiptalar narxi 2,3 mln so‘mdan, Toshkent-Sharm-el-Shayx-Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 4,4 mln so‘mdan boshlanadi.
“Spot” avvalroq “Flynas” kompaniyasi Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini oshirmoqchiligi haqida yozgandi.