“Yandex Go” “ICTWeek"da O‘zbekistonda servisni rivojlantirish rejalarini ochiqladi, xabar beradi “Spot” muxbiri.
“Yandex Taxi"ning MDHdagi rivojlanish bo‘yicha direktori Kirill Svinsovga ko‘ra, yaqin oylarda xizmat Nukus, Qarshi va Urganchda ishga tushiriladi.
“Biz yangi shaharlarda sayohat qilishning arzon va qulay usulini ishga tushirishda davom etamiz”, — dedi Kirill.
Hozirda kompaniya mamlakatda yo‘lovchilar va haydovchilar uchun qo‘shimcha bepul hayot va sog‘liq sug‘urtasi dasturini ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Joriy yilning yanvar oyida “Yandex Taxi” Samarqand, aprel oyida esa Buxoroda ishga tushirilgandi.
Shuningdek, “Yandex” 2023-yil O‘zbekistonda dasturlash maktabini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Dastur bepul bo‘lib, u python dasturlash tilini o‘zlashtirish, veb-ilovalar, chat-botlar va foydalanuvchi interfeyslarini yaratishni o‘rganish imkonini beradi.
Bundan tashqari kompaniya mamlakatda yonilg‘i quyish servisini ishga tushirishga hozirlik ko‘rmoqda. Hozirda bir qator yoqilg‘i quyish shoxobchalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.