Londonda joylashgan ICE birjasi maʼlumotlariga koʻra, 24-oktabr kuni Yevropada gazning birja narxlari 14,4%ga pasayib, 1000 kub metr uchun qariyb $985ni tashkil qildi.
25-oktabrda esa Niderlandiyadagi “TTF” xabida tabiiy gaz uchun noyabr fyucherslari narxi 15%dan ko‘proqqa tushdi.
Bunda 1000 kub.m uchun gaz narxi $953 ga pastladi. 18-oktabrda ushbu koʻrsatkich $1200 dan pastga tushgandi.
25-avgustda Yevropada gazning birja narxi 8-martdan beri $3200 dan oshgandi. Avgust oyi oxiridan gaz narxi yana pastlay boshladi.
Avvalroq Yevropa Komissiyasi Ittifoqning barcha mamlakatlari oldiga 1-noyabr kuni isitish mavsumi boshlanishidan oldin omborlarnini kamida 80%ga to‘ldirish vazifasini qo‘ygandi.