Boston (AQSh)da joylashgan Simmons universiteti bakalavriat dasturlari uchun Kotzen stipendiyasiga arizalarni qabul qilmoqda.

Grant o‘z ichiga o‘quv to‘lovlari, turar joy va tadqiqotni qo‘llab-quvvatlash uchun $3 ming.ni oladi.

Nomzodlar yuqori akademik yutuqlarga ega bo‘lishi, ingliz tilini bilishi (TOEFL, IELTS, Duolingo English), kuzgi semestr uchun birinchi kurs talabasi sifatida ariza topshirishi, GPA 3,3 yoki undan yuqori bo‘lishi kerak.

Shuningdek, talabgor ikkita mavzuda insho taqdim etadi. Birinchisi qisqa insho bo‘lib, unda ajratiladigan $3 ming.ni qanday maqsadda sarflashni 250 so‘zdan ko‘p bo‘lmagan insho bilan ochib berish kerak.

Ikkinchisi rasmiy insho bo‘lib, unda “yetakchilar tug‘iladi, yaratilmaydi, yoki liderlar yaratiladi” degan qarashlarni shaxsiy tajribadan kelib chiqib insho yozish kerak.

Unda shaxsiy fikrni qo‘llab-quvvatlash uchun tarix yoki yetakchilar misolida yozish mumkin. Insho hajmi 500 so‘zdan ko‘p bo‘lmasligi zarur.

Universitet va grant uchun arizalar joriy yilning 1-dekabrigacha havola orqali qabul qilnadi.

Finalchilar yanvar oyining o‘rtasida ma’lum qilinadi va fevralda suhbat o‘tkaziladi. Grant g‘oliblari esa 1-martgacha ma’lum qilinadi.

Grant haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Universitet va yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlarni bu yerdan olish mumkin.