Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 882,2 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,3% ga oshgan.
2022 yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:
Yanvar | 97,8 ming tonna |
Fevral | 98,2 ming tonna |
Mart | 92,6 ming tonna |
Aprel | 93,7 ming tonna |
May | 92,7 ming tonna |
Iyun | 87,7 ming tonna |
Iyul | 99,6 ming tonna |
Avgust | 106,2 ming tonna |
Sentabr | 113,4 ming tonna |
Joriy yilning sakkiz oyi mobaynida O‘zbekistonga xorijdan $46,4 mln.lik 1 499 dona elektromobillar import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 003 taga ko‘paygan.
Elektromobillar importi ko‘paysa ham mamlakatda benzin ishlab chiqarish hajmi oshgan.
Avvalroq “O‘zbekneftgaz” “Maroqand” neft bazasida 36 mlrd so‘mlik benzin ushlab qolingani haqida xabar bergandi.