Litsenziya axborot tizimi orqali avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma olish mumkin. Bu haqad Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.
Murojaatlar elektron litsenziyalash tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Xizmatdan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin bo‘lib, to‘lanadigan yig‘im miqdori BHMning 30%ini tashkil qiladi.
Arizani ko‘rib chiqish va xizmat ko‘rsatish 15 ish kuni davomida amalga oshiriladi.
Olingan ruxsatnomalar muddati cheklanmagan muddatga taqdim etiladi.
Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxatini bu yerda ko‘rish mumkin.
Avvalroq “Spot” Yagona portal orqali avtomobilga taqiq bor-yo‘qligini tekshirish mumkinligi haqida yozgandi.