Avvalroq Rossiyaning “Codevelopment” kovorking kompaniyasi O‘zbekistonga kelishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Endilikda Rossiyaning “PAGE” kovorkinglar tarmog‘i ham yangi bozorlarga chiqishga tayyorlanmoqda, deya xabar berdi “PБК” nashri.
“PAGE” boshqaruv kompaniyasi bosh direktori Mariya Sumarokovaga ko‘ra, kompaniyaning bunday qarorga Peterburgdagi ijarachilarini kuzatishlari sabab bo‘ldi.
U rossiyaliklar MDH mamlakatlariga ommaviy ko‘chgach, ularning kovorking-markazlarda ish joylarini ijaraga olish talabi paydo bo‘lganini qayd etdi.
Shu sababli kompaniya Armaniston, Gruziya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda faoliyatini ishga tushirishni koʻrib chiqmoqda.
“Hozir Gruziya va Qozog‘istonda franchayzing loyihasini ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. O‘ylaymanki, noyabr-dekabr oylarida qolgan mamlakatlar bo‘yicha qaror qabul qilamiz”, — dedi Sumarokova.
Shuningdek, kovorking tarmog‘i bu mamlаkatlarda o‘z franchayzini sotishni rejalashtirmoqda.
"PAGE" kovorkinglar tarmog‘i “Best” kompaniyalari guruhining loyihasi hisoblanadi. Sankt-Peterburg bo‘ylab 10 ta filialiga ega.