7-oktabr kuni Markaziy bank “Turkiston Bank” va “Hi-Tech Bank” litsenziyasini qaytarib olgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur banklar omonatchilarining mablag‘lari yopilgan kungacha hisoblangan foizlari bilan 100% qaytariladi. Bu haqda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

““Turkiston Bank"da aholining 368 mlrd atrofida, “Hi-Tech Bank"da esa taxminan 5 mlrd so‘m mablag‘lari bor”, — deydi Mamarizo Nurmuratov.

“Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq aholiga omonat mablag‘larini qaytarish Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan ushbu qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda aholining ikki bankdagi hujjatlari va omonatlari “Qishloqqurilishbank"ga o‘tkazilmoqda.

“Birinchi navbatda plastik kartadagi ish haqi, nafaqa oladiganlarning kartochkalari o‘tkazilib, ulardagi 100% mablag‘ „Qishloqqurilishbank“ kartasiga almashtirilib to‘lov o‘tkazish boshlandi”, — deya tushuntirdi Markaziy bank raisi.

Qolgan aholining pul mablag‘lari ham to‘liq ravishda ikki oydan keyin qaytariladi, yoki ularnig xohishiga ko‘ra yangi, ya’ni “Qishloqqurilishbank"dagi omonatga o‘tkaziladi.


2022-yil oktabr oyi bo‘yicha O‘zbekiston banklari taklif etayotgan so‘mdagi eng daromadli omonatlar bilan bu yerda tanishish mumkin.