“Aloqabank” Yashnobodda joylashgan ofis va savdo markazini (jihozlari bilan birga) auksion savdosiga qo‘ydi.

Lotning boshlang‘ich bahosi 73,8 mlrd so‘m, zakalat puli miqdori esa 3,6 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Bino 2019-yili qurilgan bo‘lib, 5 qavat hamda 11 ta xonadan iborat. Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,05 ga, binoning umumiy maydoni 1658 kv.metr.

Shuningdek, unda elektr ta’minoti, suv va kanalizatsiya mavjud bo‘lib, biroq gaz ta’minoti bilan ta’minlanmagan.


Auksionda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 25-noyabr soat 09:00 gacha qabul qilinadi hamda shu kuni soat 10:00 da auksion boshlanadi.

Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin.

Lot haqida batafsil ma’lumot bu yerda.