E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.


“Spot” O‘zbekiston banklarida xorijiy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.

Mavzuga doir: so‘mdagi eng daromadli omonatlar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Hozirda mavjud 31 ta bankdan 23 tasida xorijiy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular uch oydan uch yilgacha saqlanadi.

Depozitlarni oflayn tarzda 20 ta, masofadan turib esa 12 ta bankda ochish mumkin.

Maqola chop etilgan vaqtda mazkur valyutadagi omonatlarning eng yuqori stavkasi (6%) “Ravnaq Bank” va “Hamkorbank"da taklif etilmoqda.

Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda oflayn depozit qo‘yishning minimal miqdori $100, onlaynda esa $500ni tashkil qiladi.

Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.

Bank nomi
Stavka
Minimal summa
Muddati
Rasmiylashtirish
Аgrobank*
4%
$100
13 oy
onlayn/oflayn
Аnorbank*
5%
$100
24 oy
onlayn
Аloqabank*
4%
$100
12 oy
oflayn
Asia Alliance Bank*
4%
$500
18 oy
oflayn
$100
onlayn
Bank Apelsin*
4%
$500
36 oy
onlayn
Hamkorbank*
5,5%
$500
18 oy
oflayn
6%
13 oy
onlayn
InfinBank*
5%
$500
18 oy
oflayn/onlayn
Ipak Yo‘li Banki*
3%
$500
12 oy
oflayn
Ipoteka bank*
5%
-3 oy
oflayn
Кapitalbank*
5%
$500
24 oy
oflayn/onlayn
Madad Invest Bank*
5%
$100
12 oy
oflayn
Мikrokreditbank*
5%
$100
24 oy
oflayn
O‘zmilliybank*
5%
$50
27 oy
onlayn/oflayn
Orient Finans Bank*
3%
$1000
500 kun
onlayn/oflayn
Poytaxt bank*
3%
$100
25 oy
oflayn
Qishloq qurilish bank
5−2%
$100
36 oy
oflayn
Ravnaq-bank*
6%
$200
36 oy
onlayn
Sanoatqurilishbank
4%
$500
6 oy
oflayn
Тrastbank*
5%
$100
24 oy
oflayn/onlayn
Turonbank*
5,7%
-12 oy
onlayn/oflayn
Universal bank*
5,5%
$200
13 oy
oflayn
Xalq banki
4,5%
$10
18 oy
oflayn
Ziraat Bank Uzbekistan*
5,5%
$1000
36 oy
oflayn

*Depozitni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud. Saqlash muddatiga qarab foizlar kamaytirilishi yoki to‘lanmasligi mumkin.


Avvalroq “Spot” 2022-yil oktabr oyi bo‘yicha O‘zbekiston banklarida so‘mdagi eng daromadli omonatlar haqida yozgandi.